Yangi Oʻzbekiston islohotlari
2025-yil 13-dekabr kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi S. R. Abdusalomova tomonidan Oʻzbekiston eng yangi tarixi fanidan “Yangi Oʻzbekiston islohotlari” mavzusida koʻrgazmali ochiq dars-tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, unda Prezident Sh. M. Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi. Ochiq dars jarayonida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, taʼlim va maʼnaviy sohalardagi tub oʻzgarishlar misollar asosida tushuntirib berildi.
Tadbirni oʻtkazishda 1-bosqich 17-guruh talabalari faol ishtirok etib, nafaqat nazariy bilimlarini namoyon etdilar, balki islohotlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari orqali mavzuni tadbir koʻrinishida jonli va taʼsirchan tarzda namoyish etishga muvaffaq boʻldilar. Ushbu yondashuv talabalar bilimini mustahkamlash, ularning ijodiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ochiq dars-tadbir yoshlar ongida Yangi Oʻzbekiston gʻoyalarini mustahkamlash, vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan faol fuqarolik munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


