Yangi oʻquv yiliga ruhan tayyormisiz?!
Hademay 2023/2024-oʻquv yili boshlanadi. Talabalar yangi oʻquv yiliga yangi shijoat, yangicha kayfiyatda keladilar, ayniqsa, birinchi bosqich talabalaridagi ruhiy holat va depressiya xavfi boshqalardan koʻra kuchliroq boʻladi. Umuman olganda, yangi oʻquv yiliga universitetning moddiy-texnik bazasi va bino-inshoatlarini tayyorlash bilan bir qatorda pedagogik jamoaning ham ruhiy holatini nazorat qilish muhimdir. Shuni inobatga olgan holda universitetimiz psixologi Nargiza Norova tomonidan tyutorlar uchun maxsus trening tashkil etildi. Treningda talabalar bilan individual ishlash jarayonida nimalarga ahamiyat berish lozimligi, turli kritik vaziyatlarda tez va toʻgʻri qaror qabul qila olish malakasi haqida ma’lumot berildi.
Bu kabi mashgʻulotlarni tashkil etish yangi oʻquv yili oldidan nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Chunki psixologik bilimga va malakaga ega pedagoglar talabalar jamoasi bilan konfliktlarsiz ishlaydi va ta’lim jarayoni ham samarali boʻladi.




