
Yangi nashr taqdimoti
2024-yil 23-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi qoshidagi "Yosh munaqqid klub"ining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi. Unda taniqli adib, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sobir O'narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirni "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik " kafedrasi mudiri, f.f.d. professor U.Jo'raqulov ochib berdi. Taqdimotda kafedra professor-o'qituvchilari f.f.d. professor Islomjon Yoqubov, f.f.f.d. dotsent Komiljon Hamroyev, katta o'qituvchilar Olmos Xurramov, Azamat Xayrullayev, Kamol Hakimov, Nuriddin Ubaydullayevlar, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, mas'ul kotib G'iyosiddin O'narov, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhiddin Abdisamad va adibning oila a'zolari qatnashdi. Kafedra mudiri, f.f.d. professor U.Jo'raqulov, f.f.d. professor I.Yoqubov, f.f.f.d. dotsent Komiljon Hamroyevlar Sobir O'nar adabiy merosi, uning "Tanlangan asarlar" kitobining o'ziga xos xususiyatlari, qissa va hikoyalari badiiyati xususida fikr bildirib, talabalarni yaqindan tanishtirish tanishtirishdi. So'ngra "Yoshlik" jurnali bosh muharriri N.Chori yozuvchining ish faoliyati, insoniy qiyofasi, samimiyati va ko'plab safar xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Adibning oila a'zolaridan G'iyosiddin O'nar yozuvchining ijod laboratoriyasi, ijod jarayoni bilan bog'liq ma'lumotlarni va asarlarining yuzaga kelish jarayonlarini, obrazlarining prototiplari haqida hayotiy, qiziqarli misollar bilan bog'liq ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazdi. So'ngra Yozuvchilar uyushmasidan taklif qilingan shoirlardan adibga bag'ishlangan turli she'rlar tinglandi. Talabalarni qiziqtirgan turli savollarga ustozlar javob berishdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan uchrashuv yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.