Yangiliklar

img
Sun, 09/03/2023 - 14:04

“Yangi nafas” yugurish marafoni boʻlib oʻtdi

Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlab, respublikamizning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘ziga xos aksiyada 86 ta oliy ta’lim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashdi.
Toshkent shahrining “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, sport sohasidagi bir qator mas’ullar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik vakillari, talaba yoshlar ishtirok etdi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ustoz va talabalari ham bugungi marafonda faol qatnashdilar.
Talabalarimiz marafonda peshqadamlar safida boʻlishdi.