
Yangi magistratura dasturlari – zamonaviy ta’lim formatlarida!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha masofaviy va kunduzgi ta’lim shakllarida qabul e’lon qiladi:
- • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
- • Ijtimoiy ish
- • Menejment
- • Sotsiologiya
Masofaviy ta’lim shakli – zamonaviy hayot talablari bilan uyg‘un!
Agar siz ish faoliyatingizni davom ettirayotgan bo‘lsangiz yoki shaxsiy majburiyatlaringiz tufayli kunduzgi ta’limni tanlashga imkoningiz bo‘lmasa, masofaviy ta’lim aynan siz uchun qulay yechimdir. Siz geografik yoki vaqt jihatidan cheklovlarsiz, yuqori sifatli bilimga ega bo‘lasiz.
Har bir dastur:
- • amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi,
- • tajribali mutaxassislar bilan bevosita aloqani ta’minlaydi,
- • mustaqil fikrlash va tahlil qilish salohiyatini oshiradi.
Universitetimiz universiteti THE Impact Rankings 2025da TOP-201, QS World University Rankings 2025 reytingi “Modern Languages” (Zamonaviy tillar) yoʻnalishi boʻyicha 301-350 -oʻrinni qayd etgan.
Qabul jarayoni va batafsil ma’lumot uchun universitetning rasmiy veb-saytiga yoki qabul komissiyasiga murojaat qiling.
Ta’lim — istalgan joyda, istalgan vaqtda!