Yangi magistrantlar bilan muloqot
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida “Xalqaro munosabatlar” va “Zamonaviy siyosiy jarayonlar” mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabul qilingan yangi magistrantlar bilan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda magistrantlarga kafedraning faoliyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda ta’lim jarayonini tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichlari va ilmiy-tadqiqot faoliyatining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.
Suhbat davomida zamonaviy ta’lim platformalaridan foydalanish imkoniyatlari, mustaqil ta’lim va ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Magistrantlarning yangi bilimlarni egallashi va tadqiqot faoliyatiga faol jalb etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlarni chuqur o‘rganish, mustaqil fikrlash hamda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ilmiy salohiyatni yuksaltirish va kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yangi magistrantlarga ta’lim va ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat, yangi o‘quv yilida esa ulkan yutuqlar tilandi.


