Yangiliklar

img
Wed, 12/07/2022 - 19:18

Yangi kitob — yangi fikrlar

7-dekabr kuni taniqli shoir Ikrom Otamurodning “Sopol siniqlari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ustoz shoirning do‘stlari, muxlislari,  shogirdlari, adabiyotshunos olimlar, talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar Ikrom Otamurodning zamonaviy adabiyotimizda o‘ziga xos ovozga egaligini, sof va samimiy she'rlardagi milliy ruh, sharqona nafosat barq urib turishini qayd etdilar. Mazkur yangi to‘plam she'rxonlarning kitob javonidan eng oldingi o‘rinni egallashiga ishonishlarini bildirib o‘tdilar.

Ikrom Otamurod (Otamurodov Ikrom Islomovich) 1951- yil 5- mayda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Xo‘jakasbi qishlog‘ida tug‘ilgan.
Shoirning “Vaqt ranglari” (1982), “Janub qushlari” (1983), “To‘rg‘ayli manzillar” (1983), “Ufqlar orti bepoyon” (1987), “Xaritaga tushmagan joylar” (1992) “Uzoqlashayotgan og‘riq” (1992), “Sopol siniqlari” (1994), “Sen” (1996), “Ichkari va tashqari” (1997), “Ruhimning qayg‘usi” (1997), “Kanglum, o‘zing”, “Tavr”, “Tag‘azzul”, “Sukut sadosi”  she'riy kitoblari chop etilgan.