Yangiliklar

img
Wed, 05/31/2023 - 22:55

Yangi kitob taqdimoti

2023-yilning 31-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida shoir va tarjimon Rustam Musurmonning “Bir juft so‘z”mavzusidagi she‘rlar to‘plami va mashhur venger shoiri Shandor Petefining “Ozodlik” kitobi (tarjimon R. Musurmon) taqdimoti bo'lib o'tdi. O‘zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ishtirok etib, Rustam Musurmonning ijodiy faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi. Bu yil shoir va tarjimon Rustam Musurmon 60 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan bugungi tadqimot ijodiy kechaga aylandi. Tadbirda shoirning qalamkash do‘stlari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, talabalar ishtirok etdi.