Yangi kitob taqdimoti
2022-yil 14-dekabr kuni universitetimizda shoir Safar Olloyorning “Qalb saltanati” nomli to’plami taqdimoti o’tkazildi.
Milliy adabiyotimizda o'ziga xos, yorqin izlanishlari ila tanilgan, "Zarbuldoston", "Qo'sh satr", "Uchshoda" kabi nazmiy janrlarga asos slogan iste'dodli shoir Safar Olloyorning' "Qalb saltanati" nomli tanlangan asarlar to'plamining 1-jildi nashr etilishi kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan edi. Bugun mazkur to’plamning 2-jildi ham she’rxonlar e’tiboriga havola etildi.
Taqdimot marosimida shoir Safar Olloyor, uning qalamkash do’stlari, adabiyotshunos olimlar, ijodkor talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar zamondosh shoirimizning shakliy va g‘oyaviy izlanishlari adabiyotimizda alohida voqelik ekanini qayd etishdi.


