Yangiliklar

img
Fri, 03/11/2022 - 22:54

Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tanlovi

  Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi kuchga kirdi. Universitetimizning Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan loyihalar tanlovi uchun belgilangan shartlar ma'lum qilindi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talabalar uchun Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, startap loyihalari asosida elektron o‘quv adabiyot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratish, innovatsion jarayonlarni tashkillashtirishni amalda qo‘llay olish muhim vazifa sifatida qo‘yilgan edi.

 Tanlov uchun talabalarimiz tomonidan tayyorlangan 14 ta loyiha ishlanmasi qabul qilingan bo‘lib, ular hakamlar tomonidan dastlabki tekshiruvdan o‘tkazildi. Nihoyat, 2022-yil 11-mart kuni qatnashchilar o‘z istiqbolli g‘oyalarini ma'ruzalari orqali asoslab berishdi.  

Komissiya a’zolari tomonidan har bir loyiha ishtirokchilarining taqdimotlari diqqat bilan tinglandi. Talabgorlarga loyihasi bo‘yicha savollar berildi. Tanlov natijalari joriy yilning  14-mart kuni e’lon qilinadi.