Yangiliklar

img
Tue, 12/13/2022 - 09:41

Yana bir yuksak natija!

Dunyoga mashhur "UI GreenMetric"  jahon universitetlari reytingining 2022-yil natijalari e'lon qilindi. 
Unga ko‘ra universitetimiz dunyoning kuchli 500+ OTMlari qatoridan o‘rin oldi.  
Mazkur reyting 2010-yildan boshlab har yili jahondagi global ekologik muammolarning oldini olish va farovon hayot uchun hissa qo‘shayotgan universitetlarni baholaydi.
Yana-da aniqroq aytadigan bo‘lsak, "UI GreenMetric World University Ranking"  2010-yilda Indoneziya Universiteti tomonidan boshlangan yashil kampus va ekologik barqarorlik reytingidir. "UI GreenMetric World University Rankings" 6 mezon boʻyicha 39 koʻrsatkich orqali universitetlarning ekologik majburiyatlari va tashabbuslarini sinchikovlik bilan aniqlaydi.

Sifatli ta'lim va infratuzilma, energiya va iqlim o'zgarishi, suv muammosi,  transport sohalari,  fan va tadqiqot yo‘nalishlarida universitetlar tomonidan olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinadi.
Ushbu reytingning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini quyidagi raqamlarda kuzatish mumkin: baholash jarayonida 2010-yili 35 ta davlatdagi 95 ta universitet qatnashgan bo‘lsa,  2021-yilga kelib ishtirokchilar soni keskin oshgan, ya'ni 80 ta davlatdagi 956 ta universitet baholangan.  2022-yilda esa 90 ta davlatdan 1100 ishtirokchi universitetlar nomi qayd etilgan.
Joriy yilda bu reytingda O‘zbekistondan 20 ta OTM qatnashgan bo‘lib, ular orasida ToshDO‘TAU 5-pog‘onani qayd etdi.  Qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz o‘rinli bo‘ladiki, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ushbu reytingda birinchi martoba ishtirok etmoqda.
Universitetimiz jamoasi va talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!