
Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi
Joriy yilda universitetimizni jami 1024 nafar talaba tamomlaydi. 4 yil davomida o'quv rejada nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi. Xususan, 3-iyun kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining “O‘zbek tili va adabiyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan 4-kurs talabalarining Yakuniy davlat attestatsiyalariga start berildi. Bu yil Yakuniy davlat attestatsiyasida talabalar mutaxassislik fanlaridan to‘plagan bilim va ko‘nikmalarini komissiya a’zolariga og‘zaki shaklda topshirmoqdalar.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili”, “O'zbek adabiyoti”, “Ona tilini o'qitish metodikasi”, “O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi” majburiy (ixtisoslik) fanlaridan savollarga javob berishmoqda. Bundan tashqari O'zbek filologiyasi, O'zbek tili ta'limi fakulteti bitiruvchilari ham test, yozma va og'zaki shaklda imtihonlardan o'tishadi.
Imtihonlarni komissiya a'zolari nazorat qilib borishmoqda. Bundan tashqari Yakuniy davlat attestatsiyalari avvalida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i so'z olib, barcha talabalarni kirrupsion holatlardan ehtiyot bo'lishga va bunday qonunbuzarlikka yo'l qo'ymaslikka chaqirdi.