
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyati
Joriy yilning 7-may sanasida O‘zbek tili ta'limi fakulteti talabalari guruh tyutori rahbarligida poytaxtimizdagi Xotira va qadrlash maydonini ziyorat qildilar. Mazkur maydon 1999-yilda tashkil etilgan bo'lib, u ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan oʻzbek askarlariga bagʻishlangan. Maydon markazida haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yaratilgan Motamsaro ona haykali va mangu alanga joylashgan. Yodgorlik Vatan uchun jon fido qilgan 400 ming oʻzbek askariga bagʻishlangan.
Talabalar bu muhtasham va sokin majmuani aylanishdi, shahid ketgan bobolarimiz ismi-sharifi yozilgan metall kitoblarni o'qishdi.
Ushbu ziyorat davomida tinchlik buyuk nemat ekanligi, u osonlikcha qo'lga kiritilmagani aytildi va bugungi osoyishta kunlarimizni qadriga yetishimiz zarurligi ta'kidlandi.