Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi faoliyati oʻrganildi
Joriy yilning 20 -sentabr kuni “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi vazirlikning 2023-yil
17-iyuldagi 311-sonli buyrug‘i ijrosini tekshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi va uning fakultetlardagi xodimlari faoliyati tekshirildi. Universitetdagi ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar vazirlikning ishchi guruhi a’zolari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi I.Seytnazarova, Nukus filiali Xotin-qizlar kengashi raisi O.Kidrniyazovalar tomonidan o‘rganildi.

Ishchi guruh a’zolariga universitetimizda talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning tashabbuslari asosida tashkil etilgan kasbiy toʻgaraklar haqida ma’lumot berildi. Universitetda pazandachilik, tikuvchilik, goʻzallik ustasi toʻgaraklari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari yosh farzandi bor talabalar va tadqiqotchilar uchun maxsus “Ona va bola” xonasi tashkil etilgan.

Oʻrganishlar davomida universitetimizda xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi faoliyati namunali deb topildi.




