Yangiliklar

img
Wed, 04/26/2023 - 10:22

Xorijning eng nufuzli universitetlarida bepul o'qish imkoniyati

Universitetimiz Xalqaro bo'limi tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan ochiq suhbatlarning navbatdagi xorijda bepul o'qish imkoniyatlari haqida bo'ldi. 
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari to'rtinchi bandiga muvofiq dunyoning eng nufuzli 500 ta universitetlarida taʼlim olish uchun toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiya dasturlari bo'yicha suhbat qurildi. Davlatimiz tomonidan ta'sis etilgan  “El-Yurt umidi” davlat stipendiyasi sohibi, Buyuk Britaniyaning nufuzli Reading universiteti bitiruvchisi Madina Ochilova bu galgi muloqotning ma'ruzachisi sifatida ishtirok etdi. 
Madina Ochilova 2022-2023 yillarda Buyuk Britaniyada magistratura dasturini tamomlash imkonini beruvchi stipendiya bilan taqdirlandi.


Suhbat davomida "El-Yurt umidi" jamg'armasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiyaga qanday ariza berish, shuningdek, unda xorijiy oliy o'quv yurtlariga ariza topshirish jarayoni muhokama qilindi va shaxsiy bayonot/motivatsion xatlarni qanday yozish kerakligi ko'rib chiqildi. Bugungi ochiq muloqot barchaga birdek foydali bo'ldi. Ayniqsa, bitiruvchi kurs talabalarining aniq maqsad sari qanday harakat qilishlari lozimligi batafsil tushuntirib berildi.