Yangiliklar

img
Wed, 02/14/2024 - 15:47

Xorijlik talabalarning ilk taassurotlari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti xorijdagi ko'plab ta'lim maskanlari bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqlaarini o'rnatgan. Bu hamkorlik aloqalari talabalarning akademik almashinuvini ham ko'zda tutadi. Bizning universitet talabalari xorijiy OTMlarda uzoq va qisqa muddatli safarlarga yuborilmoqda va bunga javoban xorijdagi hamkor OTM talabalari ham ToshDO'TAUga akademik almashinuv asosida tahsil olmoqdalar.
Xususan, bahorgi semestrda Qozog'istonning Shokarim universitetidan  2 nafar talaba Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida o'qishni boshladi. Xitoyning Shanxay chet tillari universitetidan kelgan magistratura talabasi Vang Yangfan esa magistraturada bir semestr mobaynida bilim oladi. 
Akademik almashinuv asosida tahsil olayotgan bu xorijlik talabalarning ilk taassurotlari g'oyat ijobiy. Ularga universitetimizdagi sharqona muhit, darslarning sifati, talabalar  hayoti juda manzur bo'lganini aytishdi.