Yangiliklar

img
Thu, 07/06/2023 - 20:32

Xorijlik talabalarimiz magistrlik ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida birinchilardan bo'lib xorijliklar talabalar uchun masofaviy shaklda ta'lim olish imkoniyati yaratilgan edi. 2021-yilda magistraturaning O'zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo'yicha o'qishga qabul qilingan 31 nafar xorijlik magistrantlar o'qishni tamomlash arafasida. Shu kunlarda ular magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilmoqdalar. Himoya jarayonlari ko'tarinki ruhda, nufuzli komissiya nazoratida o'tkazilmoqda. Komissiya raisi, filologiya fanlari doktori, professor Qurdosh Qahramonov, universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova himoya oldidan so'zga chiqib, barcha bitiruvchilarni tabrikladilar va ularga himoya jarayonlarida omad tiladilar. Barcha magistrantlar o'z ilmiy rahbarlari bilan belgilangan mavzularda chuqur tahlillarga asoslangan dissertatsiyalarini yozib tugallaganliklari ma'lum bo'ldi va ular ushbu jarayonni muvaffaqiyatli o'tkazib oldilar. Biz xorijlik bitiruvchilarimizning keyingi faoliyatlarida omadlar tilab qolamiz, ular endilikda o'z mamlakatlarida o'zbek tili va adabiyotidan yoshlarga saboq beradilar va madaniyatimiz targ'ibotchilariga aylanadilar.