Yangiliklar

img
Thu, 03/06/2025 - 14:15

Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yo‘nalishlar va yangicha yondashuv

2025-yil 4-mart kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yo‘nalishlar va yangicha yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda mahalliy va xorijlik olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etishdi.  
Anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida zamonaviy tendensiyalar va innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish hamda muloqot muhitini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oldi: oliy o‘quv yurtlarida chet tillarini masofadan o‘qitishning innovatsion usullari, xorijiy tilni o‘qitishda faol va interaktiv texnologiyalarni qo‘llash, an’anaviy va noan’anaviy usullarni rivojlantirish, kommunikativ yondashuvdan samarali foydalanish, zamonaviy texnik vositalar va internet resurslar yordamida mustaqil ta’limni takomillashtirish.  
Anjuman doirasida “Onlayn ta’lim: muammo va yechimlar”, “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy-innovatsion usullari”, “Mustaqil ta’limni takomillashtirishda xorijiy tajribaning ahamiyati”, “Xorijiy tillarni o‘qitishda tarjima va adabiyotning o‘rni”, “Adabiyotshunoslik va tarjima muammolari” hamda “Zamonaviy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari” kabi sho‘balarda muhokamalar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan fikr va g‘oyalar xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini yanada samarali tashkil etish, yangi metodikalar va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.