
Xorijiy tillar boʻyicha olimpiadalarda qatnashing!
Barcha talabalar diqqatiga!!!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 16-sentabr kuniIngliz tili, Nemis tili, Fransuz tili va Arab tili fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining universitet bosqichi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Universitet bosqichida bakalavriatning o‘quv kursidan qat’iy nazarbarcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Faqatgina birinchi o‘rinni olgan talabalar olimpiadaningrespublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Olimpiadaning respublika bosqichi 2024-yilsentabr oyining oxiriga qadar O‘zbekiston davlat jahontillari universitetida o‘tkaziladi.
Eslatma: Olimpiadaning respublika bosqichidag‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi yutuqlarva imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi:
1, 2, va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1, 2, va 3-darajali diplomlari bilan taqdirlanadi;
olimpiada g‘oliblari talaba stipendiyasi bazaviy miqdorining tegishli ravishda 5, 4, 3 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar 14-sentabrga qadar quyidagi mas’ullargamurojaat qilishlari mumkin:
Nemis tili, Ingliz tili va Fransuz tili fanlari bo‘yicha – Rajabova Jayrona, telefon raqami - +998993352551
Arab tili bo‘yicha – Rashidova Nargiza, telefonraqami - +998903748016