
Xorijiy tillar bo‘yicha “Bilimlar bellashuvi”
Joriy yilning 7-may kuni Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan universitetimiz talabalari o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Bilimlar bellashuvi” ga start berildi.
Bellashuvda talabalar arab, fors, rus, fransuz va nemis tillari bo‘yicha o‘zlari egallagan bilim va ko‘nikmalarini sinashadi. Birinchi bosqich – test bo‘lib, bunda o‘rganayotgan til doirasida grammatik mavzular va amaliy ko‘nikmalarga asoslangan savollar kiritilgan. Bu bosqichdan eng kam xato qilgan talaba keyingi bosqichga o‘tadi. Ikkinchi bosqich – diktant yozish. Bunda talabalar 4-5 ta mavzu doirasida yozilgan matnlardan bittasini tanlab, o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan matnni tinglab yozadilar. Bu bosqichdan eng kam xatoga yo‘l qo‘yganlar keyingi sinovga o‘tadi. Oxirgi bosqichda esa og‘zaki suhbat bo‘ladi. Mazkur bosqichga oldingi bosqichni muvaffaqiyatli topshirgan talabalargina o‘tadi. 6-8 ta mavzu orasidan bittasi tanlanib, u haqida o‘rganayotgan tilda savollarga javob beradi. Har 3 bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritadilar.
Universitet miqyosida o‘tkazilayotgan Xorijiy tillarni egallash bo‘yicha “Bilimlar bellashuvi” talabalarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
8-may kuni “Bilimlar bellashuvi”ning goliblari nomi aniq bo‘ladi va taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.