Yangiliklar

img
Tue, 04/30/2024 - 13:51

Xo‘jand davlat universitetiga safar samarali bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz vakillari akademik mobillik doirasida 2024-yil  22-27- aprel kunlari Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetida bo‘lishdi.  Safar davomida XDU O‘zbek filologiyasi fakultetidagi bir necha darslar kuzatildi va ularning muhokamasida qatnashildi. 2024-yil 25 aprel-universitet vakillarini akademik Bobojon G‘ofurov nomidagi XDU rektori prof.Usmonzoda Ayub Islom, XDU xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Istamqulov Jamshedjon Zokirjonovich qabul qildilar. Do‘stona   va samimiy vaziyatda o‘tgan uchrashuvda  har ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, yani ilmiy, ilmiy- amaliy, metodik, madaniy - marifiy sohalarda  hamkorlik qilish, professor - o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida yana bir qancha rasmiy va do‘stlik uchrashuvlari  o‘tkazildi. Xususan, O‘zbek filologiyasi fakultetida  xalqaro  seminar o‘tkazildi. Unda ToshDO‘TAU professori S. Muhamedova "O‘zbek tilini tadqiq qilishning yangi yo‘nalishlari"  va XDU dosenti A. Rahmonqulov "Tojikistonda kompyuter lingvistikaning rivoji" mavzusida  maruza qilishdi. Seminarda qiziqarli savol- javoblarga boy bo‘ldi. 2024-yil 26-aprel kuni universitet delegatsiyasi bilan Xo‘jand shahrida ofisi joylashgan Respublika miqesidagi Tojikiston- O‘zbekiston do‘stlik jamiyati azolari uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Tojikiston- O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Mubin Qayumov, jamiyat raisining o‘rinbosari XDU rektori Ayub Islom Usmonzoda, jamiyat azosi prof. Rustam Yuldoshev,  XDU O‘zbek filologiyasi fakulteti  dekani f.f. n. Bahrom Jabborov, kafedra mudirlari f. f. n. Shaxnoza Sanginova, f. f. n. Boirjon Sheronov, f.f. n. Olimjon Abdullayev, talabalar qatnashdilar. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalar natijalari, ularni  mustahkamlash, rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari xususida qiziqarli va kreativ fikrlarni bildirishdi. Uchrashuvda o‘zbekcha, tojikcha sherlar o‘qildi, kuy- qo‘shiqlar ijro etildi, u haqiqiy do‘stlik kechasi   sifatida o‘tkazildi. Safar davomida ko‘plab samarali kelishuvlarga erishildi, o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada   mustahkamlandi. O‘zbekistondan keltirilgan darsliklar, badiiy asarlar sovg‘a qilindi. Eng muhimi - talabalar o‘zlariga yangi do‘stlar orttirib, tojikistonlik tengdoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lishga, fikr, tajriba almashib turishga kelishib olishdi.