Xodimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash - asosiy vazifamiz
Xodimlarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuzilgan universitet Kasaba uyushmasi tomonidan pedagogik jamoa va boshqa xodimlarning turli muammolari o'rganilib, ijobiy yechimlar topilmoqda. Kasaba uyushmasi faoliyati davomida o'z oldiga qo'ygan vazifalarini ado etishda jamoadoshlarning ko'magiga suyanadi. Mehnat jamoasining ham birgalikda bajaradigan vazifalari talaygina. Xususan, jamoa a'zolari orasida ijtimoiy himoyaga va ko'makka muhtoj bo'lganlarni qo'llab-quvvatlash, ularga har jihatdan dalda bo'lish birlamchi vazifalardan biridir.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi tamonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi bayrami, shuningdek, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” dasturiga kiritilgan tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetda faoliyat yuritayotgan ikki nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oila vakili bo‘lgan xodimlarning farzandlarini 2022-2023-o‘quv yili uchun maktab o‘quv qurollari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatildi. Universitet xodimlari sovg‘adan juda mamnun bo‘ldilar. O‘z navbatida biz ham O'zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi raisi va mas’ul xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


