Xalqaro ona tili kuni nishonlandi
2024-yilning 20-fevral kuni ToshDO‘TAU O‘zbek tili ta’limi fakulteti va Akademik litseyi hamkorligida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Akademik litsey direktori B.Adizov ochib berdi. U o‘z nutqida Akademik litsey va universitet o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik, uning natijalari va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida gapirdi va barchani xalqaro ona tili kuni bilan tabrikladi.
Keyingi so‘z O‘zbek tili ta’limi fakulteti dekani prof.S.Muhamedovaga berildi. U o‘z chiqishining avvalida universitetning tashkil topishi, ustuvor vazifalari, xalqaro nufuzi hamda mazkur universitetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari, mutahassisliklar haqida to‘liq ma‘lumot berdi. So‘ngra S.Muhamedova Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan taqdimotida Xalqaro ona tili kuni qachon va nima uchun belgilangani haqida yangi ma’lumotlarni bayon qildi. Ushbu ma’lumotlar qiziqarli va yangi bo‘lgani uchun talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, tadbirda Akademik litseyning talabalari ishtirokida ona tili, dunyo tillariga bag‘ishlangan badiiy kompozitsiya namoyish etildi.
Mazkur tadbirda fakultet dekani o‘rinbosarlari N.Nuradullayev, I.Jahonov, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi kafedrasi dotsenti Sh.Isayeva ham so‘zga chiqdilar.Ular ham Xalqaro ona tili kuni, universitet va Akademik litsey hamkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir so‘nggida Akademik litsey direktori B.Adizov universitetdan kelgan professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar qilinishi haqida gapirdi.