Tue, 03/15/2022 - 17:29
Xalqaro ilmiy-nazariy anjumaniga marhamat!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022- yilning 22-aprel kuni “Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjumani o‘tkaziladi.
Ko‘zlangan maqsad: o‘zbek kompyuter lingvistikasining xalqaro tadqiqotlar bilan boyishi, yosh mutaxassislar qamrovining kengayishi, ilg‘or tajribalarning o‘zlashtirilishi, til masalalarini kompyuter dasturlari orqali yechish yo‘nalishlarining rivoji va taraqqiyotiga ijobiy taʼsir etishi, korpus lingvistikasining rivojlantirilishi, tabiiy tilni qayta ishlash yo‘nalishida samarali tadqiqotlar olib borilishiga erishish.