Xalqaro ekspertlar uchun vebinar
Bugun Erasmus+ning Toshkentdagi ofisida mahalliy ekspertlar uchun maxsus vebinar tashkil etildi. Unda universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova ham ishtirok etdi.
Vebinarda Markaziy Osiyodagi yoshlar uchun ta’lim va o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yirik loyihasi - DARYA (Dialogue and Action for Resourceful Youth in Asia) jamoasi tomonidan qiziqarli taqdimot o'tkazildi.
Ishtirokchi mamlakatlarda (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston) mehnatga layoqatli yoshlar aholining eng katta guruhini tashkil etganligi sababli mehnat bozoriga kirayotganlarga qaratilgan DARYA - uchta asosiy yo'nalish yoki modul atrofida tashkil etilgan.
Vebinarda Yevropa ta'lim fondining Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha katta eksperti Christine Hemschemeier ma'ruza qildi. Mutaxassis Markaziy Osiyoda uzluksiz ta'lim bosqichlarida o'zaro integratsiyani ta'minlash, yoshlarni kasbga yo'nalishtirishning maxsus metodikasi haqida tushuncha berildi.


