Yangiliklar

img
Thu, 04/13/2023 - 19:56

"Xalqaro Boburshoh" ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Qo'qon universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan "Xalqaro Boburshoh" ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada universitetimiz professorlari Shuhrat Sirojiddinov, Ziyoda Teshaboyeva va Marg'uba Abdullayeva o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Ilmiy-amaliy konferensiya Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimliklari hamda turkiy davlatlarning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.


Anjumanda turkiy xalqlar kelajagi bevosita hamjihatlikda o‘tkazilayotgan shu kabi anjumanlar, tarixni tadqiq va targ‘ib qilish, ilm-fan olamida hammaslaklikda faoliyat olib borishga qaratilgan sa’y-harakatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi e’tirof etildi.