
Xalq donishmandligining koʻzgusi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti katta oʻqituvchisi Sabohat Bozorova "Hasbihal" koʻrsatuvida oʻzbek va turk maqollarining hayotiy haqiqatlari haqida soʻz yuritdi. Hammamizga ayonki, maqollar xalq og‘zaki ijodining mo‘jaz janri hisoblanadi. Mazkur janr jamiyatning ijtimoiy hayoti va insonlarnıng dunyoqarashi haqidagi juda ko‘p ma’lumotlarning xazinasidir. Maqollar madaniyatning ajralmas qismi boʻlib, ularda xalqning turmush tarzi, yaxshi-yomon kunlarining izlari bor. Ustozimiz Sabohat Bozorova tajribalar suzgichidan o‘tgan ushbu hikmatli so‘zlarni kundalik hayotda va badiiy asarlarda tez-tez uchratish mumkinligi, oʻzbek va turk maqollaridagi uygʻunlik hamda maqollarning oʻxshash jihatlarini bayon etdi. Oʻzbek-turk maqollari oʻzaro qardoshlik aloqalarida ham muhim rol oʻynashi eʼtirof etildi.