Yangiliklar

img
Mon, 08/08/2022 - 16:53

Wikioromgoh - izlanish va yuksalish maskani

        Prezidentimiz joriy yilning 30-iyunida Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz yigit-qizlariga qilgan murojaatida o‘zbek tili, madaniyati, tarixi va buguni haqidagi ma'lumotlarni jahon internet tarmog‘iga joylash, xususan,  Wikipedia elektron ensiklopediyasini boyitish bo‘yicha katta tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi.  Darhaqiqat, bu ezgu ishlar O‘zbekistonning ijobiy imijini jahon maydonida keng targ‘ib qilish yo‘lidagi katta qadamdir. 
      Shu munosabat  bilan Wikipediyaning o'zbek milliy segmentini boyitish, davlat tilimizning nufuzini yanada oshirish maqsadida Wikistipendiya marafoni e'lon qilingan edi.  Marafon doirasida bir nechta yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri 1-avgustda start olgan "Wikioromgoh" loyihasidir. Ushbu loyihaga Wikipediyaga eng kamida 10 ta sifatli maqola joylagan yoshlardan 150 kishi saralab olindi. Saralanganlarning 10 nafari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalaridir. Talabalarimiz oromgoh faoliyati davomida o'zbek tili, badiiy asarlar, adabiyot nazariyasi, milliy tariximizga doir maqolalarni tizimga joylashtirishdi. Xususan, oromgoh koordinatori sifatida universitetemiz yoshlar ittifoqi yetakchisi Orifjon Olimjanov ishtirok etdi. Tez kunlarda Wikita'lim loyihasi faoliyatini boshlaydi. Unda ham talabalarimiz faol ishtirok etishadi.