Yangiliklar

img
Thu, 05/04/2023 - 14:13

Vengriyalik olimning ma'ruzalari

Erasmus+ tomonidan joriylantirilayotgan ko‘plab loyihalarning faol ishtirokchisi bo'lgan universitetimiz jamoasi mazkur doirada ko‘plab xorijdagi nufuzli universitetlarda malaka oshirish, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. O‘z navbatida Yevropaning nomdor ta'lim muassasalari professorlari ham universitetimiz talabalariga saboq berish uchun kelishmoqda. Jumladan, ayni kunlarda talabalarimiz uchun vengriyalik sharqshunos va turkolog Andresh Zentner dars berishga kelgan. Andresh Zentner Vengriyaning mashhur Eotvos Lorand universiteti tadqiqotchisi. U qadimgi turkiy matnlarni o'qish, mintaqamizda foydalanilgan turli yozuv turlarini o'rganishga qiziqadi. Shu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib boradi. Ayni damda olim matnshunoslik va manbashunoslik mutaxassisligi magistrantlariga "Zamonamizgacha o‘zbek tilida yozilgan matnlar to‘plami" mavzusida ma'ruza mashg‘ulotlari olib bormoqda. 2 hafta mobaynida u bilimlarini talabalarimiz bilan o‘rtoqlashadi g‘arbda turkologiya sohasiga bo‘lgan qiziqish, ayni yo'nalishdagi eng so'nggi tadqiqotlar natijalari haqida ma'lumot beradi.