Yangiliklar

img
Wed, 09/27/2023 - 13:20

Vazir sovg'alari egalariga topshirildi

2023-yilning 23-sentabr kuni O'zbekiston respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif mobaynida vazirga universitetning iqtidorli talabasi Latofat Toshova  o'z she'riy to'plamini tuhfa qildi va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi.


Vazir bu iqtidorli talabani qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida 27-sentabr kuni Latofatga zamonaviy planshet sovg'a qildi. Vazir sovg'asi shu kunning o'zida egasiga yetkazildi.  Taqdirlash mobaynida vazirlik vakillari yurtimizda Latofat singari iqtidorli talabalar soni ko'pligi va ularning  barchasi hukumatimiz e'tiborida ekanligini qayd etdi.


"Bunday e'tibordan boshim ko'kka yetdi. Mening ijodga, ilmga muhabbatimni Ibrohim Yo'lchiyevich alohida rag'batlantirganidan xursandman. Buni men kelgusidagi katta ishlar uchun qo'llov sifatida qabul qildim", deydi Latofat Toshova.