Yangiliklar

img
Mon, 11/18/2024 - 18:33

Vakillarimiz Tojikistonga yetib borishdi

Universitetimiz Markaziy Osiyodagi qator oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik aloqalari tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda. Xususan, Tojikistonning N. Xusrav nomidagi Boxtar davlat universiteti va Tojikiston milliy universiteti bilan o‘rnatilgan akademik hamkorlik doirasida bugun universitetimizning 7 nafar ustozi hamda 7 nafar talabasi Tojikistonga yetib borishdi.

Vakillarimizni Boxtar davlat universiteti rahbariyati samimiy kutib oldi. Mazkur universitetda o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, universitetimiz professorlari shu yo‘nalish talabalari uchun maxsus ma’ruzalar tashkil etadilar. Talabalarimiz esa tojikistonlik tengdoshlari bilan dars mashg‘ulotlarida qatnashib, ilmiy va madaniy almashinuv jarayonida ishtirok etadilar.

 

Tashrif doirasida universitetimiz vakillari Tojikiston milliy universitetiga ham tashrif buyurib, u yerdagi ilmiy va ta’limiy jarayonlar bilan tanishadilar. Ushbu qisqa muddatli almashinuv dasturi bir necha kun davom etib, o‘zaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.