“Uyğoniş”da ijodiy uçraşuv. “Şoirlik – jasorat sözining tarjimasi”: “Uyğoniş” tögaragida ijodiy uçraşuv
2026-yil 10-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi huzurida faoliyat yuritayotgan “Uyğoniş” adabiy tögaragining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
“Şoirlik – jasorat sözining tarjimasidir” mavzusida taşkil etilgan ijodiy uçraşuvda yoş va umidli şoirlar Najmiddin Turon hamda Suhrob Ziyo iştirok etdilar. Suhbat davomida adabiyot va iztirob, şe’riyat va töğrilik, şoir va şaxsiyat kabi adabiyotning mohiyatini belgilovçi tuşunçalar atrofida fikr almaşildi. Xususan, şoirning hayotga munosabati, ijodkorning jamiyat va zamon oldidagi mas’uliyati, badiiy sözning inson tafakkuri va ruhiyatiga ta’siri xususida mulohazalar bildirildi.
Muloqot jarayonida şe’riyatning faqat his-tuyğular ifodasi emas, balki muayyan dunyoqaraş, hayotiy pozitsiya va ma’naviy jasorat mahsuli ekani ta’kidlandi. Ijodkorning öz söziga sodiqligi, voqelikni teran kuzatişi, hayotiy haqiqatlarni badiiy idrok etişi hamda öz qaraşlarini ifodalaşdagi mustaqilligi haqida söz yuritildi. Şoirlar öz ijodiy tajribalari, adabiyotga kirib keliş jarayoni, şe’r yozişdagi izlanişlari va ijodkor sifatida şakllanişlariga ta’sir körsatgan omillar bilan örtoqlaşdilar.
Uçraşuvning muhim jihatlaridan biri talabalarning suhbatda faol iştirok etgani böldi. Ular mehmonlar ijodidan namunalar tinglab, şe’rlardagi obrazlar, badiiy ifoda vositalari, poetik tafakkur va söz tanlaş mahorati yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar. Şuningdek, ijodkorlarga şe’riyatning bugungi adabiy jarayondagi örni, yoş şoirlarning izlanişlari, ijodda samimiyat va badiiy mukammallik masalalariga oid savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar va erkin fikr almaşinuvi uçraşuvning mazmunini yanada boyitdi.
Ta’kidlaş joizki, bunday ijodiy muloqotlar talabalarning zamonaviy adabiy jarayonni bevosita kuzatişi, bugungi şe’riyat vakillarining ijodiy qaraşlari bilan tanişişi uçun muhim imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, nazariy bilimlarning ijodkorlar tajribasi bilan boyitilişi, badiiy asarga munosabat bildiriş va uni tahlil qiliş könikmalarining şakllanişida bunday uçraşuvlarning örni alohida.
“Uyğoniş” tögaragi faoliyatidan közlangan maqsad ham talabalarni adabiy hayotdagi yangilanişlar, zamonaviy ijodkorlar va ularning asarlari bilan yaqindan taniştiriş, yoşlarning badiiy-estetik qaraşlarini rivojlantiriş, ularda kitobxonlik madaniyati va ijodiy tafakkurni şakllantirişdan iborat. Şu ma’noda, navbatdagi yiğiliş ham talabalarning adabiyotga bölgan qiziqişini mustahkamlaş, ularni mustaqil fikrlaşga va badiiy sözga mas’uliyat bilan yondaşişga undaşi bilan ahamiyatli böldi.
Ijodiy uçraşuv yakunida talabalar öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, mehmonlarning samimiy suhbati, şe’riy çiqişlari va hayotiy kuzatişlari ularda katta qiziqiş uyğotganini qayd etdilar. Ayniqsa, şe’riyat bilan şuğullanayotgan yoşlar uçun ijodkorlarning tajribasi öz ijodiga tanqidiy nazar bilan qaraş, söz va ifoda aniqligiga e’tibor beriş, mutolaa doirasini kengaytiriş hamda izlanişdan töxtamaslik zarurligini yana bir bor anglatdi.
“Uyğoniş” tögaragining navbatdagi yiğilişi adabiyotga qiziquvçi yoşlarni bir davrada jamlagan, ularning ijodiy izlanişlariga turtki bergan mazmunli muloqot sifatida yakunlandi.

