
Ustozlarimizning ma'ruzalari e'tirof etildi
15-19-kunlari Turkiyaning Izmir shahrida Ege universitetida "Turk dunyosida matbuot" simpoziumi o'tkazildi. Festivalda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar ishtirokchilarning alohida e'tirofiga sazovoir bo'ldi. Simpozimda universitetimiz professorlari Iqboloy Adizova Xorazm matbuoti, Nusratilla Jumaxo‘ja Hamza Hakimzoda Niyoziy va jadid matbuoti, Hamroyeva Orzigul "Mashrab" jurnalining jadid matbuotidagi o‘rni, Islom Yoqubov vaqtli matbuot o‘zbek jadid ziyolilari ma’rifiy dasturlarini amaliyotga tatbiq
etish vositasi, dotsentlar Karomat Mullaxo‘jayeva XX asr matbuotida Alisher Navoiyga oid tadqiqotlar, Tozagul Matyoqubova G‘. G‘ulom ijodiy takomilida vaqtli matbuotning o‘rni mavzularida ma'ruza qildilar.
Simpozium XX asr matbuoti va uning o‘ziga xos xususiyatlari, matbuot turlari, gazeta, jurnallaning tarkibiy qismi, janr imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘rganish barobarida turkiy xalqlar matbuotining shakllanish tarixi, bosqichlarini aniqlashni maqsad qilganligi bilan ahamiyatga molikdir.