Yangiliklar

img
Wed, 05/08/2024 - 14:34

Urush faxriylari holidan xabar olindi

Joriy yilning 8-may kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti rahbariyati va tyutorlari 9-may- "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldilar. Jumaladan, urush yillarida Germaniya konslagerlarida kun kechirgan, urush tugagandan soʻng Lelingraddagi bolalar uyida tarbiyalangan va keyinchalik Buxoroga kelib qolgan Ananeva Nina Antonovnaning xonadonida bo'lishdi. Nina Antonovna 1937-yilda tug'ilgan va eng tahlikali yillarda hayot sinovlariga bardosh berib, O'zbekistonda umrguzaronlik qilgan. Onaxon uni bayram bilan tabriklashga kelgan universitteimiz vakillariga minnatdorchilik bildirdi va o'zbek xalqining shunday mehribonligini olqishladi. "Yoshlarga ayting, tinchlikni qadriga yetsinlar, sevishga arziydigan, asrashimiz shart bo'lgan vatanimiz bor. Uning rivojiga hammamiz mas'ulmiz", - dedi Nina Antonovna.