Universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida
Bugungi kunda har bir universitet jahon bo'ylab ko'plab talabalarni jalb etish, ta'lim sifati va OTM jozibadorligini to'la namoyon etishida xalqaro reytinglar va boshqa ko'plab mezonlar muhimdir.
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga "Mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi" bosh direktori Alina Jumagulova va shu agentlikning maslahatchisi Olga Yanovskaya mehmon bo'lishdi.
Xorijiy ta’lim tashkilotlari va ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiya qilish bo‘yicha standartlar haqida suhbatlashildi. Xalqaro akkreditatsiya tartibi taʼlim tashkiloti faoliyati yoki oliy taʼlimdagi oʻquv dasturlari sifati va Yevropa standartlariga muvofiqligini baholashning umumiy maqsadiga xizmat qiladi. Bu murakkab jarayon, chunki akkreditatsiya talablari ma'lum darajada qiyin. Xalqaro akkreditatsiya tamoyillari quyidagilardan iborat: baholashning professionalligi va qulayligi; ixtiyoriylik; mustaqillik; xolislik va professionallik: akkreditatsiya jarayonlarida axborotning shaffofligi, ishonchliligi va dolzarbligi; jamoaviy qarorlar qabul qilish, ijobiy va salbiy natijalar to'g'risida ma'lumot tarqatish.

Mutaxassislar bilan suhbat chog‘ida dastlab universitetimizning ayrim ta'lim yo‘nalishlarini xalqaro akkredatsiyadan o‘tkazish, bu borada nufuzli xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining mehnat bozori talablari va taʼlim natijalari asosida ishlab chiqilganligi, ularni taʼlim jarayoniga joriy etilishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarning yaratilganligi hamda talabalar va ish beruvchilarning taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlaridagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratiladi.


