Yangiliklar

img
Mon, 06/05/2023 - 09:23

Universitetimizga xorijliklar qiziqishi ortmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilar ekan, nafaqat mahalliy, balki xorijlik talabalarning ham universitetga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Xorijlik talabalarni universitetga ko'proq jalb etish, ular uchun jozibali va talab yuqori bo'lgan ta'lim sohalari haqida ma'lumot berish asosiy vazifalardan biridir.  Shu inobatga olib joriy haftada Xitoyning "Pekin Ipak yo'li madaniyatini rivojlantirish" kompaniyasi vakillari universitetimizga  tashrif buyurishdi.  Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad xitoylik va boshqa xorijlik talabalarni ToshDO‘TAUga yo'naltirilish, universitetimizning bakalavriyat, magistratura, doktorantura bosqichlari haqida xorijliklarga ma'lumot berish borasida hamkorlik qilishdan iborat.  Kompaniya abituriyentlar uchun xorijdagi eng yaxshi ta'lim muassasalarini taklif qilish bilan shug'ullanadi.  Ushbu yirik ta'lim maslahat markazi dunyoda bir nechta vakolatxonalariga ega.


Universitetimizning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova mehmonlar bilan suhbatda xorijlik talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta'lim jarayonining o'ziga xosligi haqida batafsil ma'lumot berdi. Muzokaralar yakunida ToshDO‘TAU hamda Beijing Silk Road Culture Development Co. Ltd. (北京海纳丝路文化发展有限公司 ) hamkorlik shartnomasi imzolandi.  Unga ko‘ra keyingi o‘quv yilidan boshlab kompaniya ko‘p sonli talabgorlarni ToshDO‘TAUga yo'naltiradi va xorijlik talabalar soni yana-da oshadi. Bundan tashqari O'zbekistonning boshqa ta'lim muassasalariga o'qish uchun keladigan har qanday xorijlik talabalarning til oʻrganish va moslashish davri ToshDO‘TAU huzuridagi "O‘zbek maktabi"da tashkil etilishi belgilab olindi. Xorijlik talabalar uchun bunday tayyorlov kurslari 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin.