
Universitetimizda maxsus taktik mashg'ulot o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘ining 2025-yil 16-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Universitet rektorining 2025-yil 25-martdagi 01/93-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.
Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash doirasida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 10-aprel kuni maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida universitet xodimlari faol ishtirok etdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Tezkor bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik R. Ulxo‘jayev ham qatnashdi.
Mashg‘ulotlar davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda universitetda tashkil etilgan ko‘ngilli yong‘in o‘chirish va qutqaruv guruhlari tomonidan zilzila yoki yong‘in kabi holatlarda qanday harakat qilish tartiblari amaliy mashqlar orqali ko‘rib chiqildi. Xususan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in o‘chirish jihozlaridan foydalanish, xavfsizlik choralariga rioya qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari yana bir bor mustahkamlandi.