Yangiliklar

img
Wed, 09/25/2024 - 17:19

Universitetimizda Aziz Qayumov muzeyi tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili adabiyoti universiteti Axborot resurs markazida akademik Aziz Qayumov kutubxonasi va muzeyi tashkil etildi. Muzeyning ochilish marosimi 25-sentabr kuni o'tkazildi. Unda akademik olimning shogirdlari, kasbdoshlari va oila a'zolari ishtirok etishdi. 
Muzeyda Aziz Qayumovning ilmiy, ilmiy ommabop va ijodiy ishlarining qo‘lyozma va bosma nusxalari hamda shaxsiy buyumlari mavjud. O‘ttiz ikkita arxiv papkasida qo‘lyozma va jurnal, gazetalarda e’lon qilingan maqolalari joylashgan. Olimning mualliflik asarlaridan tashqari shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan uch yarim mingta kitoblarning qiymati bebaho. Chunki bu kitoblar yuz yillik tarixga ega bo‘lib aksariyatida mualliflarning dastaxtlari bor. Bu dastxatlarda o‘sha muallifning Azizxon Qayumovga samimiy munosabati va dil izhorlari aks etgan. Shuning uchun ham bu kitoblarni biz oddiy kitob emas, balki muzey eksponati sifatida ardoqlaymiz. 
Kutubxonada Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ijodkorlarning asarlarini turli yillardagi nashrlari, Alisher Navoiy ijodini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan risolalar mavjud.Birgina  Navoiyning “Xamsa” asarini 1940, 1947, 1958, 1959, 1960-yillardagi turli  nashrlarini ko‘ramiz. Bular ulug‘ olimlarimiz S.Ayniy, Porso Shamsiyevlar tomonidan nashrga tayyorlangan. 

  

Muzeyda Aziz Qayumovga yozilgan bag‘ishlovlar, tabriklar, mukofotlarning sertifikatlari  ham bor.

 

Bu ulkan xazina yosh avlodni ma’naviy barkamollikka erishuvida juda katta hissa qo‘shadi deb umid qilamiz.