
Universitetimiz vakillari qisqa muddatli almashinuv dasturi doirasida Batkent davlat universitetida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Qirg‘iz Respublikasining Batkent davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan Anglashuv memorandumida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ToshDO‘TAUning 3 nafar magistranti va 2 nafar tadqiqotchisi qisqa muddatli almashinuv dasturi doirasida Batkent davlat universitetiga yuborildi.
Mazkur tashrif davomida universitetlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zbek tili va adabiyotini xorijda o‘rganish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish bo‘yicha qator muhim masalalar muhokama qilinadi. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan Qirg‘iz tili va madaniyati markazi doirasida Batkent davlat universiteti bilan hamkorlikda Qirg‘iz tili va madaniyatiga oid seminar va binar ma’ruzalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Batkent davlat universitetida mavjud Turkologiya yo‘nalishining Oltoy tillari yo‘nalishi doirasida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif ikki tomonlama ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.