Yangiliklar

img
Wed, 07/06/2022 - 22:19

Universitetimiz vakili muhim vazifa bilan Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha hududlarda aholi o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada yaxshilash,  mahalla raislarining siyosiy,  ijtimoiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etilganidan xabardorsiz.  
Bugun Navoiy viloyati mahalla raislari ana shu o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli guvohnomalarni olishdi.

Ushbu marosimda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori Bahodir Xoliqov ham ishtirok etdi. Universitetimiz vakili murakkab axborot asrida mahalla raislari zimmasida aholining barcha qatlamlarini turli axboriy xurujlardan muhofaza etish,  ma'naviy muhitni nazorat qilish, yoshlarni  yot g‘oyalar ta'siridan himoyalash singari juda muhim vazifalar turganini alohida qayd etdi,  ma'rifat har qanday to‘siqni yenguvchi qurol ekanligini ta'kidladi.  

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ezgu tashabbuslarga kamarbasta bo‘lish,  islohotlarning oldingi safida turish mahalla raislarining burchidir.  Bahodir Xoliqov shunday mas'uliyatli ishda barcha mahalla faollariga muvaffaqiyat tiladi.