Yangiliklar

img
Mon, 01/23/2023 - 11:55

Universitetimiz professori hamkor OTMda ma'ruza qildi

 

2022-yilda universitetimiz rektori boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning bir qator OTMlarida bo‘lib hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu tashabbus samarasi o‘laroq, Turkiya OTMlari bilan universitetimiz o‘rtasidagi ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda. 

Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyev Turkiya Respublikasining Marmara universitetida boʻldi. Universitet Turkiyshunoslik fakulteti rahbari professor Harun Duman va Turkiyshunoslik kafedrasi mudiri professor Erdal Shahin tashabbusi bilan fakultet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, magistr va talabalar ishtirokida uchrashuv, maʼruza va debatlar tashkil etildi. Professor Baxtiyor Mengliyev "Oʻzbek zamonaviy tilshunosligi: kecha va bugun" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada oʻzbek zamonaviy tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va yangi asrdagi rivojlanish tendensiyalari haqida soʻz bordi. Oʻzbek zamonaviy tilshunosligining metodologik asoslari, vazifalari va yutuqlari davr va yoʻnalishlar kesimida chuqur yoritildi. Fandagi bugungi evrilishlar, tilshunoslikdagi zamonaviy milliy yoʻnalishlar masalasi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻoʻtdi. Debat-mashgʻulotda alifbo, imlo masalalari, turkiy tillarning umumiy va mushtarak fonetik va grammatik xususiyatlari, singarmonizm masalalari qizgʻin-bahs munozaraga aylandi.


Professor Baxtiyor Mengliyev tomonidan ilgari surilgan mushtarak turkiy ilmiy grammatika yaratish taklifi mezbonlar tomonidan ijobiy baholandi va bu turkiy birdamlik uchun katta ahamiyatga egaligi  eʼtirof etildi. Bunda singarmonistik fonetika, grammatikada nol shaklning ahamiyatliligi va  kesimning mutlaq hokimligi, tobelikning keyinga yoʻnalganligi, nutqiy va lisoniy tejam kabi qonuniyatlar asos boʻlishi tamoyillari haqida soʻz bordi. Mutaxassislar tomonidan turkiy tillarning umumiy grammatikasi tesizlarini yaratish taklifi berildi.
Maʼruza mashgʻulotlardan soʻng professor Baxtiyor Mengliyevga maʼruza, gʻoya va takliflari uchun minnatdorchilik bildirildi. Faoliyat hamkorligi taklif etildi. Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.