Yangiliklar

img
Fri, 10/18/2024 - 16:48

Universitetimiz professor-oʻqituvchilaridan mahorat darslari

Mahallalarda yoshlar  bilan ishlash masalalarini  muvofiqlashtirish  bo'yicha Respublika  komissiyasi tavsiyasiga asosan  Olmazor  tumanidagi  umumiy  o'rta ta'lim maktablariga uslubiy ko'mak  berish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga  Olmazor tumanidagi 46-umumta'lim maktabi biriktirildi. Bugun universitetimiz jamoasi mazkur maktabda boʻlib, bir nechta mahorat darslari oʻtishdi. 
O'zbek tili va adabiyoti ta'limi kafedrasi o'qituvchilari S. Kuldasheva 8-sinf o'quvchilariga, S.Inomjonova 5-sinf o'quvchilariga mahorat darslarini tashkil etishdi. Xususan, S.Kuldasheva 8-sinf o'quvchilariga "Esse qanday yoziladi?" mavzusida, S.Inomjonova 5-sinf o'quvchilariga "Xalq qo'shiqlari" mavzusida mahorat darsi olib bordilar. 
Kun yakunida ToshDOʻTAU vakillari mazkur maktabning Ona tili va adabiyot o'qituvchilari bilan amalga oshiriladigan ishlar rejasini tuzishdi.