Yangiliklar

img
Tue, 08/16/2022 - 11:38

Universitetimiz o’qituvchisi global loyiha koordinatori bo’ldi

Amerikaning Sohani rivojlantirish dasturi (SRD) bitiruvchisi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Zaure Kertaeva UniCEN loyihalaridan biri doirasida Pensilvaniya shtati universiteti bilan hamkorlik qiladi.  Pensilvaniya shtat universiteti (PSU)ning Tajribaviy raqamli global ishtirok (EDGE) dasturi Markaziy Osiyo davlatlarining (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston) universitetlari  bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDGs) ilgari surishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirmoqda. 
Xususan, Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlangan PSU hamkorlari va universitetlari tajriba va ustuvorlikka asoslangan BMTning umumiy barqaror rivojlanish dasturlari ustida ishlamoqda. Ular talabalar, loyihadan manfaatdor tashkilotlar, OTMlar va boshqa muassasalar uchun iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolar bo’yicha ijobiy natijalarni qo'llab-quvvatlash uchun hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqishmoqda.
Ushbu loyihaning asosiy natijasi PSU va hamkor Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasidagi EDGE loyihasi asosida talaba va professor-oʻqituvchilarning tajribalarini oʻrganish bilan belgilanadi.  Zaure Kertayeva loyiha uchun global ta’lim koordinatori sifatida tanlangan va u loyihaning lingvistik, pedagogik va madaniyatlararo jihatlarini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul. Zaure va uning PSUdagi professor-o‘qituvchilari professor Sharon Childs tegishli universitetlarning soha mutaxassislari bilan muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan hozir ular Tojikiston agrar universiteti (TAU) va PSUdagi bir guruh hamkasblari bilan joriy loyiha ustida ishlamoqdalar. 
Biz shijoatli va zukko universitetimiz o’qituvchisi Zaure Kertayevaga omad tilab qolamiz!