Yangiliklar

img
Tue, 10/17/2023 - 18:17

Universitetimiz olimasining innovatsiyasi xorijlik ekspertlarni ham lol qoldirdi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o'tkazilayotgan "InnoWeek.uz-2023" innovatsion gʻoyalar haftaligining koʻrgazmalariga start berildi. 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov xorijlik ishbilarmon va innovatorlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan ishlangan innovatsion gʻoyalar bilan tanishtirdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga oid koʻrgazmada talabalarning ishlanmalari , ayniqsa, xorijlik mehmonlar e’tiborini tortdi.

 
Haftalik doirasida tashkil qilingan ko'rgazmada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova hamda o'zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo'yicha 1-kurs magistranti Dilbar Mirnosirova  "Maktabgacha yoshdagi bolalar assotsiativ lug'ati"mobil ilovasini ishlab chiqish" mavzusidagi loyiha natijalari bilan ishtirok etmoqdalar. Mazkur loyiha natijalari xorijlik ekspertlar va mahalliy tashkilotlar vakillarida katta qiziqish uyg'otdi.