Yangiliklar

img
Mon, 07/28/2025 - 12:00

Universitetimiz olimasi Janubiy Koreyada malaka oshirdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Abdulloyeva Kamola malaka oshirish maqsadida Janubiy Koreyaning Suncheon milliy universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Ushbu ilmiy-amaliy tashrif Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri sifatida tashkil etilgan. Tashrif davomida o‘qituvchi Abdulloyeva Kamola til o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlariga oid qator amaliy seminar va treninglarda ishtirok etdi.

Safar davomida xalqaro tajriba almashildi, yangi pedagogik yondashuvlar o‘rganildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

  

Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining ana shunday tashabbuslarda ishtirok etayotgani ToshDO‘TAUning xalqaro maydondagi faoliyatini kengaytirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirish va milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlarining uzviy davomidir.