Yangiliklar

img
Tue, 08/01/2023 - 16:12

Universitetimiz ikkita xalqaro loyiha g'olibi bo'ldi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro taʼlim va akademik hamkorlik yoʻnalishidagi muhim tashabbuslarni ilgari surib, Italiyaning mashhur Ka Foskari universiteti va Germaniyaning Humboldt universiteti bilan ERASMUS+ dasturi boʻyicha yangi loyihalarni boshlamoqda.
Ushbu qiziqarli tashabbusning bir qismi sifatida uchta nufuzli muassasa o'z talabalari va professor-o'qituvchilari o'rtasida akademik mukammallikni, madaniy almashinuvni va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishni maqsad qilgan. Humboldt universiteti bilan “Madaniy muloqot: chegaralarni til va adabiyot orqali bog‘lash” deb nomlangan loyiha o‘zbek tilini oʻrgatish va oʻrganish bilan bogʻliq muhim amaliy ishlarni bajaradi, turkologiya va turkiy adabiyot,  oʻzbek adabiyoti va madaniyati, xususan, boburahunoslik tadqiqiga bagʻishlangan ikkinchi loyiha Ka Foskari universiteti bilan birgalikda tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarini ilmiy tadqiqotlarga jalb etish an’analarini o‘rganishga qaratilgan.


Ushbu  tashabbusning yana bir jihati uchta nufuzli muassasa o'z talabalari va professor-o'qituvchilari o'rtasida akademik mobillikni, madaniy almashinuvni va tadqiqot imkoniyatlarini rivojlantirishni maqsad qilganidadir.  Akademik mobillik orqali yosh olimlar o‘zlarining ilmiy tajribalarini yana-da boyitishlari, turli til va madaniyatlar bilan tanishishlari va turli millatdagi tengdoshlari bilan doimiy aloqalarni o‘rnatishlari mumkin bo'ladi.