Universitetimiz dotsenti xorijda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xorijda til va adabiyotimiz targ'iboti hamda mazkur sohada kadrlar tayyorlash ishida samarali ishlar olib bormoqda. Xususan, universitetimiz Janubiy Qozog'iston pedagogika universitetida o'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishini tashkil etilishida bosh maslahatchi bo'lish barobarida, o'quv dasturlarini tuzish, adabiyotlar ta'minoti kabi masalalarda yaqindan hamkorlik qildi. Eslatib o’tamiz, Qozog’iston va ToshDO’TAU o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ayni paytda Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti Qozoq tili va adabiyoti kafedrasining "O'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisini tayyorlash" ta'lim yo'nalishida bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo’lib o'tmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi raisi sifatida universitetimiz dotsenti Muyassar Saparniyazova ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun, Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mas'ulligida qozoq tili va adabiyoti hamda o'zbek tili va adabiyoti bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.
Universitetimiz va Janubiy Qozog’iston pedagogika universiteti o’rtasidagi hamkorlik o'z samaradorligini namoyon etib, mazkur yo’nalishdagi ilk bitiruvchilar bitiruv ishlarini himoya qilmoqda.