Yangiliklar

img
Mon, 11/04/2024 - 17:31

Universitetda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi namunali baholandi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 20-avgustdagi 316-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 4-noyabr kuni oliy ta'lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raislari faoliyatini vazirlik ishchi guruhi vakillari o'rgandi. I.Seytnazarova va Sh.Nurullayevadan iborat ishchi guruh a'zolari universitetda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.  Universitetda besh tashabbus doirasida tashkillashtirilgan pazandachilik, tikuvchilik, rassomchilik to'garaklari faoliyati tekshiruvchilarning alohida e'tirofiga sazavor bo'ldi. Ayniqsa, yosh bolalai talaba qizlar va professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan ona va bola xonasining tashkil etishi juda ajoyib tashabbus ekanligi va bunday tajribani respublikaning barcha OTMlariga joriy qilish muhimligini qayd etishdi. 
Bir so'z bilan aytganda, universitetda Xotin-qizlar maslahat kengashlari faoliyati namunali baholandi.