Yangiliklar

img
Wed, 05/28/2025 - 18:47

Universitetda «Karyera kuni» tadbiri tashkil etildi

2024/2025 oquv yili yakunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini 1613 nafar talaba-yoshlar bitirishi kutilmoqda. Bitiruvchilarni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularning bandligini taminlash maqsadida bugun universitetda «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi  tashkil etildi.

Mazkur anjumanda Respublikamizdagi turli sohalarni qamrab olgan 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va korxonalar o‘zlarining mavjud bosh ish orinlari bilan ishtirok etishdi. 

Tadbir doirasida bitiruvchi talabalar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari o‘rtasida yuzma-yuz muloqotlar olib borildi, ishga joylashish masalalarida maslahatlar berildi, shuningdek, bir qator talaba-yoshlar bilan mehnat shartnomalari ham imzolandi.

 

«Karyera kuni» – bu nafaqat ishga joylashish imkoniyati, balki talabalarga o‘z malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchilarga  namoyish  etish, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilashda muhim qadamlardan biridir.