
Universitet va maktab hamkorligi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasi tavsiyasiga asosan Olmazor tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablariga uslubiy ko'mak berish taklif etildi. Ushbu taklifga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Olmazor tumanidagi 46-umumta'lim maktabi biriktirildi. Joriy yilning 17-oktabr kuni universitet vakillari mazkur maktabga tashrif buyurib, hamkorlik o'rnatish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Endilikda ToshDO'TAU professor-o'qituvchilari va xodimlari mazkur maktab jamoasiga ota-onalar bilan ishlash, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatadi. Shuningdek, 46-maktabda universitet jamoasi tomonidan o'quv yili davomida matematika, flzika, kimyo, biologiya, informatika fanlari bo'yicha to'garaklar hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.